» » Rossiyadagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyadagi YTHda ikki o‘zbekistonlik halok bo‘ldi


11-fevral kuni Toshkent vaqti bilan 6:45 da Rossiyadagi Tyumen — Xanti-Mansiysk trassasida yuz bergan YTHda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tashqi ishlar vazirligi.

Toshkentboyev Shuhratbek G‘ulomovich (1984-yilda tug‘ilgan) va Sayahmedov Baxtiyor Tojiboyevich (1983) vafot etgan. Mirzaahmedov Qurvonjon Mirzaliyevich (1976) jabrlangan va kasalxonaga yotqizilgan.

20 nafar yo‘lovchini (ularning barchasi — O‘zbekiston fuqarolari) olib ketayotgan Mercedes mikroavtobusi mehnat faoliyati uchun ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun Tobolskdan Tyumenga ketayotib, yuk avtomobili bilan to‘qnashib ketgan. Qolgan 17 fuqaro jabrlanmagan.

Mehnat muhojirlariga ko‘maklashish xalqaro assotsiatsiyasi YTH bilan bog‘liq, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari jasadlarini vataniga yuborish xarajatlarini o‘z zimmasiga olishini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 20:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют