» » Chinozdagi uydan 4 ming dollar o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi

Chinozdagi uydan 4 ming dollar o‘g‘irlagan shaxslar ushlandi


Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi B.A. IIBga murojaat qilib, shu yil 5-fevral kuni soat 10:00dan 11:10gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs uning uyiga ochiq qolgan eshik orqali kirib, xonasidan 600 000 so‘m puli va 4 000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgandi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent tumani, Qizg‘aldoq mahallasida yashovchi B.B., Chinoz tumani, Xo‘ja mahallasida yashovchi A.J. va Zangiota tumani, Ittifoq mahallasida yashovchi M.X. sodir etganliklari aniqlanib, ushlandi.

Tergov harakatlari davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 21:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют