» » O‘zbekistonda 2025-yilgacha to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 7 mlrd dollarga yetkaziladi

O‘zbekistonda 2025-yilgacha to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 7 mlrd dollarga yetkaziladi


To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatining eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

2019-yil 1-apreldan 2019—2021-yillarda mahsulotining kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalarining kreditlarini to‘lash xarajatlari Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi:

Tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasidan vujudga kelgan nol stavkadagi qo‘shilgan qiymat solig‘ini korxonalarga qaytarish to‘g‘risida taqdim qilgan arizalarini qabul qilish bo‘yicha avtomatlashtirilgan dastur ishlab chiqiladi.

2025-yilga qadar to‘qimachilik mahsulotlari eksportini 7 milliard AQSh dollariga yetkazishni nazarda tutuvchi “2019—2025-yillar davomida to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish Konsepsiyasi” ishlab chiqiladi.

2019/2020-o‘quv yilidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida xorijiy oliy o‘quv yurtlarining maxsus sirtqi ta’lim shakli joriy etiladi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida shartnoma asosida o‘qitishning o‘zaro majburiyatlarini belgilab beruvchi shartnoma tuzish orqali uning bazaviy to‘lov kontraktini ikkinchi bosqichda kamida 50 foiz, uchinchi bosqichda kamida 75 foiz, to‘rtinchi bosqichda 100 foiz miqdorida to‘lab berishga ruxsat beriladi.

Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan ishlab chiqilayotgan kelishuvlarga bojxona to‘lovlari kamaytiriladi.

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portali yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-02-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют