» » Shvetsiya texnologiya instituti tadqiqotchilari yurak nega urishiga aniqlik kiritdi

Shvetsiya texnologiya instituti tadqiqotchilari yurak nega urishiga aniqlik kiritdi


Shvetsiya texnologiya instituti tadqiqotchilar guruhi inson va boshqa jonli mavjudotlarning yuragi nega urishiga aniqlik kiritdi. Bu haqda “MK.ru” xabar bermoqda.

Mutaxassislarga ko‘ra, yurak gidravlika sababli uradi.

Yurakni tana bo‘ylab qon yetkazib berishga undovchi mexanizmlar qisman o‘rganilgan. Mazkur jarayonni yaxshiroq tushunish uchun tadqiqotchilar yurak faoliyatini kuzatishga imkon beruvchi magnit-tebranish tomografiyasining maxsus shakliga murojaat etdi.

Natijada olimlar yurak kameralari o‘lchami o‘zgarishlarini tekshirishga muvaffaq bo‘ldi va gidravlik tormozlar bajaradigan ishga o‘xshash gidravlik jarayonlar diastola bosqichida muhim rol o‘ynashi haqidagi xulosaga keldi.

Mutaxassislar aynan gidravlik kuchning susayishi yurak bilan bog‘liq ayrim muammolar tug‘ilishiga sabab bo‘lishi mumkinligini bildirmoqda.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют