» » O‘zbekistonda “Mehribonlik” uylari bosqichma-bosqich bolalar shaharchalariga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda “Mehribonlik” uylari bosqichma-bosqich bolalar shaharchalariga o‘tkaziladi


O‘zbekistonda “Mehribonlik” uylari bosqichma-bosqich kam komplektli bolalar shaharchalari va ijtimoiy muassasalarning boshqa muqobil shakllariga o‘tkaziladi. Bu Prezidentning “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjat bilan Xalq ta’limi vazirligiga 2019-yil 1-iyunga qadar muddatda 2019—2023-yillarda“Mehribonlik” uylarini noinstitutsionallashtirish dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan birgalikda 2019-yil 1-iyunga qadar muddatda hukumatga bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilayotgan (patronat) vasiy va homiylikka nomzodlarni, farzandlikka olayotganlar va oilaviy bolalar uylarining tarbiyalovchi ota-onalarini tanlash va kuzatib borish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi va boshqa davlat organlarining “Ishonch telefonlari” orqali yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga yordam ko‘rsatish tizimini tashkil qilish, shuningdek, “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida zarur aloqa vositalari bilan jihozlangan alohida xonalar ajratilishi, “Ishonch telefonlari” uzluksiz ishlashi hamda ulardan tarbiyalanuvchilarning erkin foydalanishini ta’minlash;

Bandlik va mehnat munosabatlari, Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 1 ta psixolog shtat birligi, tarbiyalanuvchilari soni 200 nafardan ortiq bo‘lgan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylariga 2 ta psixolog shtat birliklarini kiritish;

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish hamda va Moliya vazirliklari bilan birgalikda 2019-yil davomida “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarida Xalq ta’limini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan zamonaviy kompyuter sinflarini ochish, tarbiyalanuvchilarni zamonaviy kompyuter dasturlash ko‘nikmalariga o‘qitishni tashkil qilish va axborot texnologiyalari sohasida yosh mutaxassislar tayyorlanishini ta’minlash topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

oilaviy vasiylik va homiylikning turli shakllarini yaratishga ko‘maklashadi;

2019-yil 1-iyunga qadar “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylarining hududlari va xonalari videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishini ta’minlaydi, videoyozuvlar maxsus arxivda kamida bir oy davomida saqlanadi.

Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylaridagi videokuzatuv kameralarining texnik sozligi va uzluksiz ishlashi, keyinchalik ularni vazirliklar tizimida arxivlashtirishni ta’minlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют