» » O‘zbekistonda oilaga tarbiyaga olingan bolalar uchun nafaqa miqdori 1,33 barobarga oshiriladi

O‘zbekistonda oilaga tarbiyaga olingan bolalar uchun nafaqa miqdori 1,33 barobarga oshiriladi


2019-yil 1-martdan “Mehribonlik” uylari va bolalar shaharchalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilari, xalq ta’limi muassasalari tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkasi 1,5 barobarga oshiriladi va umumta’lim maktablarining rahbar va pedagogik xodimlari bazaviy tarif stavkasining 75 foizi darajasida belgilanadi. Bu Prezidentning “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorida ko‘zda tutilgan.

2019-yil 1-oktabrdan “Mehribonlik” uylari, bolalar shaharchalari rahbar xodimlari va oliy ma’lumotli tarbiyachilari hamda barcha turdagi xalq ta’limi muassasalari oliy ma’lumotli tarbiyachilarining bazaviy tarif stavkalari miqdorlarini umumta’lim maktablarining tegishli rahbar va pedagog xodimlari bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi, bunda ayrim fanlar chuqur o‘rgatiladigan ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyachilari uchun ko‘zda tutilgan ustama bekor qilinadi.

2019-yil 1-martdan boshlab oilaga tarbiyaga olingan (patronat) har bir bola uchun to‘lanadigan nafaqa miqdori 1,33 barobarga oshirilib, 820 000 so‘mni tashkil qiladi, keyinchalik ham inflyatsiya hajmidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib boriladi;

2019-yil 1-oktabrdan boshlab jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining rahbar xodimlari va tarbiyachilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 75 foizi miqdorida to‘lanadi;

vasiylik va homiylik organlari xodimlariga o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq transport xarajatlarini qoplash uchun har oyda 170 000 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanadi, keyinchalik inflyatsiya hajmidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib boriladi;

bolalar uylari, nogiron bolalar uchun “Muruvvat” internat uylari hamda sil kasalligiga qarshi bolalar sanatoriysi tarbiyachilariga tegishli toifadagi davlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasi miqdorlari qo‘llaniladi;

oilaviy bolalar uylari tarbiyalovchi ota-onalarining bazaviy tarif stavkasi “Mehribonlik” uylari tarbiyachilari uchun belgilangan bazaviy tarif stavkasining ikki barobari miqdorida hisoblanadi, bunda mehnatning alohida sharoitlari uchun amaldagi ustama haqi bekor qilinadi va “Mehribonlik” uylari tarbiyachilari uchun belgilangan har yilgi ta’tillar, imtiyozlar va kafolatlar berish tartibi saqlab qolinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют