» » O‘zbekistonda yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga imtiyozli ipoteka kreditlari ajratiladi

O‘zbekistonda yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga imtiyozli ipoteka kreditlari ajratiladi


Tijorat banklariga yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga kvartira sotib olish uchun imtiyozli ipoteka kreditlari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kreditlar ajratish tavsiya etiladi. Bu Prezidentning “Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarorida ko‘zda tutilgan.

Ipoteka kreditining dastlabki badali O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab beriladi.

Vazirlar Mahkamasi shaharlar va qishloq joylarida arzon ko‘p kvartirali uylarni qurish parametrlarini shakllantirishda, 2020 yildan boshlab uy-joyga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqib, yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga imtiyozli ipoteka krediti berish asosida sotish uchun uylar qurilishini nazarda tutishi belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shahar (tuman) hokimlari:

“Mehribonlik” uylariga kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning bolalari hamda ota yoki onadan biriga ega bolalarni vaqtinchalik joylashtirish bo‘yicha qarorlarning asoslantirilganligi;

uy-joyga muhtoj sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga o‘z vaqtida turar joylar ajratilishini qonun hujjatlariga muvofiq ta’minlash uchun shaxsiy javobgar ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bosh prokuraturaga yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga turar joylar ajratilishi ustidan nazoratni kuchaytirish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментарии (1)

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют