» » Namanganda piyoda ayolni urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda

Namanganda piyoda ayolni urib, qochib ketgan haydovchi qidirilmoqda


Namangan viloyatining Chust tumanida 11-fevral kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani “Zarafshon” MFY hududidan o‘tuvchi yo‘lining 41-kilometrida haydab ketayotib piyoda, “Mirzaobod” MFYda yashagan 35 yoshli ayolni urib yuborib, voqea joyidan ketib qolgan. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, shu yerda vafot etgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma’lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

IIV ushbu shaxs va avtomashina haqida ma’lumotga ega bo‘lganlardan ichki ishlar organlari xodimlari yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishni so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 13:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют