» » Qoraqalpog‘istonda dala maydonidagi vagonchada sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng qorovulning jasadi topildi

Qoraqalpog‘istonda dala maydonidagi vagonchada sodir bo‘lgan yong‘indan so‘ng qorovulning jasadi topildi


Qoraqalpog‘istonning Qonliko‘l tumanida 11-fevral kuni “Jayhun” OFYda joylashgan “Aziz zamin” fermer xo‘jaligi dala maydonidagi vagonchada yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida vagonchaning 22 kvadrat metr maydonida ichki qismi, jihozlari yonib zarar ko‘rgan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida fermer xo‘jaligi qorovuli O.O.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Yong‘in elektr isitish pechini yoqib, nazoratsiz qoldirishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlandi. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют