» » Jizzaxda piyodani urib yuborib, uning olimiga sababchi bolgan haydovchi 5 yilga qamaldi

Jizzaxda piyodani urib yuborib, uning olimiga sababchi bolgan haydovchi 5 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari boyicha Mirzachol tuman sudi 25-yanvar kuni fuqaro Savron Suyunov(ism-familiyasi ozgartirilgan)ga nisbatan yuritilgan jinoyat ishini korib yakunladi. Bu haqda sud raisi Maqsud Rayimov Daryo ga xabar berdi.

SudlanuvchiSavron Suyunov 2018-yilning sentabr oyida ozining boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashinani mast holatda Baxmal yonalishida boshqarib ketayotgan vaqtida, oziga qarama-qarshi kelayotgan Xojamqul Goipovning boshqaruvida bolgan Nexia rusumli avtomashinani yonalishiga chiqib ketib, ushbu transport vositalarini toqnashib ketishi natijasida yol-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada Nexia rusumli avtomashina haydovchisi Xojamqul Goipov tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan.

Shuningdek, YTH natijasida Nexia rusumli avtomashina salonida bolgan O.Yoldosheva, uning ogli voyaga yetmagan 2014-yilda tugilgan M.Muslimov, bundan tashqari Cobalt rusumli avtomashina salonida bolgan E.Orishev, N.Polatovlar hayot uchun xavfli bolgan ogir tan jarohati olib, Baxmal tuman TMKning shoshilinch bolimiga yotqizilgan.

Sud Savron Suyunovni Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasining (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, uch yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, besh yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (12-02-2019, 15:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 4) ( 2)
:
-
:
20 ... -