» » Uzbekistan Airways va Boeing shassilar almashtirish dasturi bo‘yicha shartnoma imzoladi

Uzbekistan Airways va Boeing shassilar almashtirish dasturi bo‘yicha shartnoma imzoladi


Uzbekistan Airways va Boeing korporatsiyasi Boeing-787 Dreamliner samolyotlari shassisini tezkor almashtirish dasturi bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “Daryo”ga kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu dastur texnik xizmat ko‘rsatish vaqtini sezilarli darajada qisqartirib, aviakompaniyaga samolyotlarni tezroq xizmatga qaytarishga va asosiy e’tiborni faoliyatga qaratishga yordam beradi.

Dastur doirasida tashuvchi joriy yoki kapital ta’mirga muhtoj bo‘lgan shassini Boeing’ning boshqa sertifikatlangan shassi to‘plami bilan almashtirishi mumkin.

Buning uchun operator shartnoma tuzishi, rejalashtirishi yoki kapital ta’mirlash jarayonini boshqarishi shart emas.

Uzbekistan Airways 2016-yilda Boeing-787 samolyotini ishga tushirib, Markaziy Osiyoda ilk Dreamliner mijoziga aylangan.

Shu yilning o‘zida milliy aviakompaniya Boeing bilan birgalikda Toshkentda samolyotlarni komponentlarini ta’mirlash markazini ochgan.

Bugungi kunda aviakompaniyaning uchta “Orzu layneri” bor, 2020-yilgacha esa yana uchta samolyotni olish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют