» » Apple bir vaqtda iPad mini 5, AirPods 2 va AirPower gilamchasini taqdim etadi

Apple bir vaqtda iPad mini 5, AirPods 2 va AirPower gilamchasini taqdim etadi


2019-yilning bahor oyida Apple kompaniyasi yangilangan protsessorli iPad mini 5 va AirPods’ning yaxshilangan ovozli va qora rangdagi ikkinchi versiyasini, shuningdek, simsiz quvvatlantirish uchun AirPower gilamchasini taqdim etadi. Bu haqda TJournal xabar berdi.

iPad Mini 5 oldingi avlodlarining dizayni va o‘lchamlarini, shuningdek, Lightning razyom va 3,5 millimetrlik audiorazyomni saqlab qolgan. Qurilma yangi protsessorga ega bo‘ladi, biroq yangi avlodniki emas. Apple’ni iPhone 7 yoki A10X’da ishlatilgan A10 planshet chipi bilan jihozlash rejalashtirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AirPods 2 tashqi ko‘rinishi birinchi versiyasidan farq qilmaydi, ammo ovoz tiniqligi oshiriladi. Kompaniya, shuningdek, Google Pixel 3’ning orqa paneli uchun ishlatilganiga o‘xshash jilosiz plastikka o‘tadi.

Bundan tashqari, quloqchinlar to‘q rangga ega bo‘lib, narxi qimmatlashadi va 200 dollardan boshlab sotiladi. 2019-yilning yanvar oyida Digitimes nashri AirPods ikkinchi avlodi salomatlik ko‘rsatkichlarini kuzatishi mumkinligi ma’lum qilgan.

MySmartPrice manbalari ham AirPower’ning taqdim etishga tayyorligini tasdiqlagan. Qayd etilishicha, Apple qurilmaga “eksklyuziv” imkoniyatlarni qo‘shadi, ammo ulardan iOS 13 chiqqanidan so‘ng foydalanish mumkin.

Gilamcha 150 dollar atrofida sotiladi. 2019-yilning yanvar oyida Gonkongning ChargerLAB sayti Apple kompaniyasi qurilma bo‘yicha muammolarni hal qilgan bo‘lib, uni ishlab chiqarishga tayyorligini ma’lum qilgan.

AirPower 2017-yil sentabrida e’lon qilinganiga qaramay, hali ham sotuvga chiqmagan. Apple g‘oyasiga ko‘ra, gilamcha bir vaqtning o‘zida iPhone, Apple Watch i AirPods’ni quvvatlantirishi kerak. Uni 2018-yilda sotuvga chiqarish rejalashtirilgan, biroq kompaniya ommaviy ishlab chiqarishda texnik qiyinchiliklarga duch kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют