» » Timoshenko prezident bo‘lgach birinchi galda Qrim va Donbassni qaytarib olishini ma’lum qildi

Timoshenko prezident bo‘lgach birinchi galda Qrim va Donbassni qaytarib olishini ma’lum qildi


Ukraina prezidentligiga nomzod va “Batkovshina” partiyasi yetakchisi Yuliya Timoshenko yangi hukumat bir vaqtning o‘zida bir nechta yo‘nalishlarda harakat qilishini ma’lum qilgan, deya xabar beradi “Kommersant”.

“Biz nafaqat ishg‘ol qilingan Qrim va Donbass hududlarini qaytarib olishimiz kerak, balki buning uchun Rossiyani javobgarlikka tortishimiz kerak”, — deydi Timoshenko Drogobich aholisi bilan uchrashuvda.

2018-yilning oktabrida u prezident saylovlarida g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Donbass va Qrimning ishg‘ol qilingani uchun Rossiyadan tovon puli undirishni rejalashtirayotganini aytgan. Yuliya Timoshenkoning so‘zlariga ko‘ra, ukrainaliklar 100 milliard Yevroga yaqin tovon puli olishlari mumkin.

Ukrainada saylovlar 2019-yilning 31-mart kuni o‘tkaziladi. Ukraina prezidentligiga nomzod sifatida 44 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgan, 7-martga qadar ularning har biri o‘z nomzodini qaytarib olishi mumkin. So‘rovnoma natijalariga ko‘ra Vladimir Zelenskiy, Yuliya Timoshenko va Petro Poroshenko prezident poygasida yetakchilik qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют