» » Qirg‘izistonga o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 70 mln dollarni tashkil etdi

Qirg‘izistonga o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi 70 mln dollarni tashkil etdi


“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasida Qirg‘iziston sanoat, energetika va yerosti boyliklardan foydalanish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J.Saginbayev boshchiligidagi ishbilarmon doiralar delegatsiyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda uyushma matbuot xizmatiga tayanib, O‘zA xabar berdi.

Uchrashuvda to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati sohasida ikki mamlakat o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, xususan to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj mahsulotlarini targ‘ib qilish va sotish, tayyor mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarish va ularni keyinchalik uchinchi mamlakat bozorlariga eksport qilish masalalari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj sanoati salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.

Qirg‘iziston delegatsiyasi “Bakan Tex” va “Uztex Group” korxonalarida bo‘lib, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishi ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot uchun, 2018-yil oxiriga kelib Qirg‘izistonga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilish hajmi 70 million dollarni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют