» » O‘zbekistonda birinchi marta “Business Expo Uzbekistan 2017” nomli biznesga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda birinchi marta “Business Expo Uzbekistan 2017” nomli biznesga bag‘ishlangan xalqaro ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi


Buyuk Ipak yo‘li davridan buyon o‘zbek xalqi o‘z mehmondo‘stligi va tadbirkorlik borasidagi iste’dodi bilan tanilgan. Samarqand, Buxoro va Xiva kabi qadimiy shaharlar madaniyat markazlari, shu bilan birga, avvalo savdo markazlari sifatida dong taratgan.

Bugungi kunda mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligini nishonlab turib, biz kichik va o‘rta biznes sohasidagi misli ko‘rilmagan o‘sishni kuzatishimiz mumkin. Hozirgi kunimizda tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun g‘oyasi bo‘lgan odamda boshidan boshlab hayotga tatbiq etish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.

Bunga asosan biz chuqur hurmat qiladigan, yuraklarimizda abadiy qolgan birinchi prezidentimiz Islom  Abdug‘aniyevich  Karimov tomonidan qabul qilingan tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari imkoniyat yaratadi. Shuningdek, bunday xayrli islohotlarni prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham davom ettirmoqdalar.

“Ushbu mavzuda ko‘rgazma o‘tkazish g‘oyasi bizda ancha avval paydo bo‘lgandi, — deydi ko‘rgazma tashkilotchilari. — Va bu g‘oyani amalga oshirishga doimgidek qoniqmaslik hissi turtki bo‘ldi. Yosh tadbirkorlar sifatida biz biznes uchun yangi imkoniyatrlarni olish mumkin bo‘lgan maydonlarni qidirardik, toki u yerda yangi bilimlarni o‘stirish, tajriba almashish va omadli tadbirkorlarning muvaffaqiyatlaridan ilhomlanish mumkin bo‘lsin.

Shu sababli “Business Expo Uzbekistan 2017” ko‘rgazmasini tashkil etishga, aniqrog‘i, biznes sohasidagi xalqaro va mahalliy ekspertlarni, davlat va bank muassasalarini, konsalting firmalarini, eksport va import bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalarni, biznesni boshqarish masalalari bo‘yicha mutaxassislarni, kreativ marketing agentliklarini bir joyga to‘plashga qaror qilindi.

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida Business Hub tadbiri bo‘lib o‘tadi, u, xususan quyidagi mavzularga bag‘ishlanadi: “Qanday qilib o‘z biznesini ochish mumkin?”, “Biznesda ko‘p xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?”, “Biznes yoki loyihani to‘g‘ri ishga tushirish” va boshqalar. Bundan tashqari, tadbirkorlik va internet-marketing asoslari bilan bog‘liq qator huquqiy masalalarni ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda”.

Tashkilotchilar o‘z rolini quyidagicha belgilaydi: ko‘rgazmaning “Biznes hamma uchun. Hamma narsa biznes uchun” shioridan kelib chiqib, biznesmenlar va o‘z biznesini ochishni istaganlar qarshisida ijod uchun keng maydonni ochib berish. Ularning yo‘lini shubhalar va ikkilanishlardan xoli qilish va agar ko‘rgazmaga tashrif buyurib, “men ham o‘z ishimni boshlasammikan? O‘z biznesimni ochsammikan?” — deb o‘ylab qolsangiz, hamda niyatingizni amalga oshirish va o‘z ishingizni rivojlantirish uchun zarur imkoniyatlarning barchasi qo‘lingizda bo‘lsa — ko‘rgazma tashkilotchilari o‘z vazifasini bajarilgan deb hisoblaydi.

Ishtirokchi sifatida ko‘rgazmaning bir bo‘lagiga aylanish va mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga hissa qo‘shishdek imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

“Business Expo Uzbekistan 2017” ko‘rgazmasida ishtirok etish masalalari bo‘yicha tashkilotchilarga murojaat qiling:

Tel: +99871 230-57-30, +99871 227-10-51
Sayt: expocity.uz
e-mail: info@expocity.uz

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (9-03-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют