» » O‘zbekiston poyezdlarida restoran-vagonlar paydo bo‘ldi

O‘zbekiston poyezdlarida restoran-vagonlar paydo bo‘ldi


O‘zbekiston temir yo‘l tizimida yo‘lovchilar uchun restoran-vagon, kupe-bufet, “bistro” vagonlar joriy etildi. Hozirgi kunda mahalliy oltita yo‘nalishda restoran-vagonlari, uchta yo‘nalishda esa “bistro vagonlari” va kupe-bufet faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu umumiy ovqatlanish maskanlarida “Temiryo‘lyo‘lovchi servis” mas’uliyati cheklangan jamiyatining ishchi-xodimlari O‘zbekiston aholisi va chet ellik mehmonlarga yo‘l davomida yarim tayyor va turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash orqali xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bu ishga korxona tomonidan tajribali, o‘z ishining ustalari jalb etilgan.

Zamonaviy restoran-vagonlarida ovqat pishirish jarayoni to‘liq elektrlashtirilgan, bugungi kun talabiga javob beruvchi jihozlar bilan ta’minlangan. Hozirda “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda restoran-vagonlari oshpazlar hamda u yerdagi mutaxassislarning taklif va talablarini inobatga olgan holda tayyorlanmoqda.

Uzoq masofaga harakatlanuvchi poyezdlarda restoran-vagon shinam va yorug‘ bo‘lib, yo‘lovchilar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Salqin ichimliklar, shirinliklar, tansiq taomlar muhayyo etilgan.

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdida “bistro” vagon mavjud bo‘lib, bu yerda tayyor oziq-ovqat mahsulotlari yo‘lovchilarga taqdim etiladi. Muhimi barcha mahsulotlar muntazam tarmoqning sanitariya epidemologiya markazi tomonidan nazoratdan o‘tkaziladi. Narxlar hamyonbop, to‘lovlarni naqd yoki plastik kartasi orqali amalga oshirish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-02-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют