» » “Barselona” — “PSJ”. Parijliklarga atalgan million yevro, “Real” afsonasi Raulning o‘xshamagan qaydlari va Suaresning ishonchi

“Barselona” — “PSJ”. Parijliklarga atalgan million yevro, “Real” afsonasi Raulning o‘xshamagan qaydlari va Suaresning ishonchi



“1 million yevro. Har birimizga”

Parijdan 0:4 hisobidagi mag‘lubiyat bilan qaytgan “Barselona”ning javob o‘yinida qandaydir karomat ko‘rsatishiga ishonish qiyin edi. Umid qilgan futbol muxlislari bor bo‘lsa-da, 6:1 natijasini taxmin qilganlar ko‘p bo‘lmagani tabiiy.

“Sports.ru”ning Fransiya nashrlariga asoslanib xabar berishicha, Parijdagi birinchi o‘yin oldidan futbolchilar bilan yuzlashgan klub prezidenti “Barselona” dovonidan o‘tilishi uchun har bir futbolchiga 1 million yevrodan mukofot puli va’da qilgandi.

Dunyoning eng boy yuz nafar odamidan biri bo‘lgan Nosir Al-Halayfining motivatsiyasi ilk o‘yindagi 4:0 uchun yetarli bo‘ldi. Ammo javob o‘yinida bu pullar ham ish bermadi.

Madridning “Real” klubi afsonalaridan biri bo‘lgan Raul javob o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, 0:4 hisobini yo‘qqa chiqarishi mumkin bo‘lgan jamoa bu faqatgina “Qirollik klubi” ekanini qayd etgandi.

Agar shu vaziyatdan chiqib ketishi mumkin bo‘lgan jamoa bor bo‘lsa — bu faqat “Real”dir. U shuning uchun ixtisoslashtirilgan.

Agar “PSJ” o‘z darajasida to‘p sura olsa, “Barselona” La ligadagi kabi 4 yoki 5 talab gol urolmaydi. Aytishim mumkin bo‘lgani faqatgina Kataloniya klubida potensialning bor ekani.

“PSJ” turnir oxiriga qadar yetib borishga qodir. Unai Emeri super murabbiy. Men ularga yuz foiz ishonaman.

Raul Gonsales, “Real Madrid” sobiq a’zosi

Kechagi uchrashuv qahramonlaridan biri Luis Suares esa 0:4 dan keyin ham ishonchni yo‘qotmagandi. Kataloniya klubining navbatdagi bosqichga yo‘l olishida futbolchilardagi mana shu jihat muhim rol o‘ynagan bo‘lsa ajab emas.

Biz 4 ta gol farqini yo‘qqa chiqarish naqadar qiyin ekanini tushunamiz. Biroq futbolda uddalab bo‘lmaydigan ishning o‘zi yo‘q. Agar 4 ta gol urishga qodir jamoa bo‘lsa — bu “Barselona”. Hammasi vaqt, sabr va bizning o‘yin uslubimizga bog‘liq. Chunki biz top klubga qarshi chiqayotganimizni bilamiz.

0:4 dan keyin ko‘p vaqt o‘tib ketgandek. Dastlabki kunlar qiyin bo‘ldi. Mag‘lubiyat biz uchun og‘riqli edi. Ammo futbol shunisi bilan go‘zalki, biz qisqa fursat ichida o‘zimizni o‘nglab oldik. Biz bunga erishdik.

To‘g‘ri ruhiy tayyorgarlik va gollar — javob o‘yinidagi vazifamiz shundan iborat. Chunki uchrashuvni kutib yashadik. “Barselona” va uning muxlislari muhim bellashuv arafasida turibdi. Oldin biz hech qachon 0:4 vaziyatidan chiqib keta olmaganmiz.

Luis Suares, “Barselona” a’zosi

Suaresning fikrlari uchrashuvdan keyin o‘z tasdig‘ini topdi va “Barselona” fantastik tarzda chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют