» » KXDR diplomatik pasportga ega fuqarosi Malayziyada vafot etganini tasdiqladi

KXDR diplomatik pasportga ega fuqarosi Malayziyada vafot etganini tasdiqladi


KXDR hukumati o‘z mamlakati fuqarosi Kim Chxolning 13-fevral kuni Malayziya aeroportida vafot etganini tasdiqladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Shu yilning 13-fevralida Malayziyada respublikamizning diplomatik pasportga ega fuqarosi Kim Chxol samolyotga chiqish oldidan shokka tushdi va kasalxonaga borish yo‘lida vafot etdi”, — deya ma’lum qildi Shimoliy Koreyaning Rossiyadagi elchixonasi.

Shuningdek, diplomatlar marhum uzoq vaqt davomida yurak xastaligidan azob chekkanini, uning buyumlari orasidan esa yurakni davolovchi dorilar topilganini ta’kidladi hamda Shimoliy Koreya fuqarolari uning o‘limiga aloqador emasligini ma’lum qildi.

Bundan tashqari, KXDR vakillari DNK ekspertizasi o‘tkazilishiga qarshi chiqdi va Malayziya tomonining marhumning shaxsini aniqlash haqidagi talabini inson huquqlari daxlsizligi to‘g‘risidagi qonunning qo‘pol buzilishi deb atadi.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют