» » Maltada Moviy darcha nomi bilan mashhur qoya qulab tushdi

Maltada Moviy darcha nomi bilan mashhur qoya qulab tushdi


Maltaning Gotso oroli g‘arbidagi Moviy darcha nomi bilan mashhur bo‘lgan 28 metrli qoyali arka qulab tushdi, deb yozadi TJournal.

Ohaktoshli arkaning tepa qismi 8-mart kuni ertalab yiqildi. Hodisa haqida Malta bosh vaziri Jozef Muskat o‘z Twitter’ida ma’lum qildi.

Qoyaning vayron bo‘lgani haqidagi xabardan so‘ng u joylashgan joyga o‘nlab mahalliy fuqarolar yo‘l oldi.

So‘nggi yillarda Moviy darchadan tez-tez ohaktoshlar uzilib tushardi. Shu munosabat bilan olimlar u tez orada yo‘q bo‘lib ketishini bashorat qilardi. Ammo shunga qaramay, arka sayyohlar va xay-dayving ishqibozlari orasida ommabop joy edi.

Qoya YuNESKO butunjahon merosi obyekti maqomiga ega edi. Uni “Titanlar jangi” (1981), “Graf Monte-Kristo” (2002), shuningdek, “Taxtlar o‘yini” teleseriali epizodlaridan birida ko‘rish mumkin.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют