» » Nukusda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug tashkil etilganining 20 yilligi nishonlandi

Nukusda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug tashkil etilganining 20 yilligi nishonlandi


Nukusda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi tashkil etilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Unda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari, yoshlar ishtirok etdi.

— Davlat rahbari 2018-yil noyabr oyida Qoraqalpog‘istonga tashrifi chog‘ida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugda harbiylar bilan uchrashib, ularga yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi, — deydi harbiy okrug qo‘mondoni, polkovnik Farhod Ortiqov. — Ushbu vazifalar ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentning tegishli farmoni bilan har bir hududda harbiy-ma’muriy sektorlar tuzilgani faoliyatimizda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

O‘tgan yili Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugida 36 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ hisobidan qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilib, zarur inventarlar bilan ta’minlandi. Eng muhimi, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning oila a’zolari uchun qulay sharoit yaratish ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylangan.

O‘tgan qisqa vaqt ichida harbiy xizmatchilar uchun 66 xonadonli 3 ta ko‘p qavatli uyda qurilish ishlari olib borildi. Bu ishlar joriy yilda ham davom ettirilib, 120 xonadonga mo‘ljallangan 4 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Tadbirda sana munosabati bilan bir guruh harbiylarga navbatdagi harbiy unvon, ko‘krak nishoni, Mudofaa vazirligi va Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugning faxriy yorliqlari topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют