» » Samarqandda firibgarlik bilan o‘zgalarni aldab yurgan fuqaro 5 yilga qamaldi

Samarqandda firibgarlik bilan o‘zgalarni aldab yurgan fuqaro 5 yilga qamaldi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudida muqaddam O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 2-qismi bilan uch marotaba sudlangan Ma’rufjon Mardiyevning jinoyati yuzasidan sud ishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqida “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.

Sudya D.Nuraliyev raisligida o‘tgan sud majlisida ilgari firibgarlik jinoyati sodir etganligi yuzasidan sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tab kelib, xavfli retsidivist shaxs bo‘lgan Ma’rufjon Mardiyev sodir etgan jinoyati atroflicha o‘rganib chiqildi.

Xususan, Mardiyev firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkini qo‘lga kiritish maqsadida 2018-yilning 7-may kuni Samarqand tuman “O‘zbekkenti” mahallasida yashovchi N.T.ga tegishli bozor bahosi 4 million so‘m bo‘lgan sigirini qimmatroq narxda sotib berishini aytib, N.T.ga oldindan 20 ming so‘m bergan. Ma’ruf Mardiyev ushbu bir bosh sigirni bozorga olib chiqib, tergovda aniqlashning imkoni bo‘lmagan noma’lum shaxslarga sotib yuborgan.

Bundan tashqari, Ma’rufjon Mardiyev takroran firibgarlik yo‘li bilan 2018-yilning 25 avgust kuni Samarqand shahar “Ipak yo‘li” mahallasida yashovchi R.H. ismli ayolning ishonchiga kirib, uning ikki bosh qoramolini sotib kelishni bildirgan. Ayolga tegishli bo‘lgan bahosi 4 100 000 million so‘mlik ikki bosh qoramolini 3 600 000 so‘mga sotib yuborgan. Sudlanuvchi Mardiyev R.H.ning ishonchiga kirish maqsadida dastlab unga pullarni bergan. Biroq ushbu pullarga Jomboy tumanidan qoramol olib, ularni sotib pulini olib kelib berishni va’da qilib, ayoldan 3 600 000 so‘m miqdoridagi pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritib, pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Shuningdek, Ma’rufjon Mardiyev o‘zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, 2018-yil 27-iyul kuni Samarqand shahar Kimyogarlar qo‘rg‘onida Oqdaryo tumani “Bobur” mahallasi “Jog‘oltoy” qishlog‘ida yashovchi fuqaro H.I.ning ishonchiga kirib, unga tegishli bo‘lgan bahosi 2 200 000 so‘mlik 2 bosh qo‘yini olib ketib, ularning pullarini bir soatda yetkazib berishi haqida va’da qilib, uning mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Sud majlisida sudlanuvchi Ma’rufjon Mardiyev o‘z aybiga to‘liq iqrorlik bildirdi.

Sud hukmiga ko‘ra, Ma’rufjon Mardiyev O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib 5 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, Ma’ruf Mardiyevdan jabrlanuvchi H.I. foydasiga 2 100 000 so‘m, jabrlanuvchi R.X. foydasiga 3 700 000 so‘m, jabrlanuvchi N.T. foydasiga 300 000 so‘m moddiy zarar undirilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют