» » Toshkentda aksiz markasiz 254 million so‘mlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi

Toshkentda aksiz markasiz 254 million so‘mlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi


Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan joriy yilning yanvar oyida o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda bir qator noqonuniy savdolar aniqlandi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Profilaktik tadbirlarda jami 254 million 300 ming so‘mlik aksiz markasi mavjud bo‘lmagan alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Poytaxtning Yashnobod tumani, Sodiq Azimov ko‘chasidagi bekatda joylashgan savdo do‘konida o‘tkazilgan profilaktik tadbir jarayonida aksiz markasi mavjud bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 11 turdagi 2 million 99 ming so‘mlik tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.

Shuningdek, Yakkasaroy tumani, Kichik Beshyog‘och ko‘chasi, 132 a-uyda joylashgan savdo do‘konida xorijda ishlab chiqarilgan 97 turdagi, umumiy qiymati 124 million 624 ming so‘mlik aksiz markasiz alkogol va 19 turdagi 5 million 526 ming so‘mlik tamaki mahsulotlari noqonuniy ravishda savdoga qo‘yilganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют