» » Turkiya va Xitoy uyg‘urlar masalasida o‘zaro keskin bayonotlar berdi

Turkiya va Xitoy uyg‘urlar masalasida o‘zaro keskin bayonotlar berdi


Oxirgi ikki kun ichida Turkiya va Xitoy orasida uyg‘urlar masalasida keskinlikka bordi, deb xabar beradi Tengri News.

Jumladan, Turkiya TIV rasmiy vakili Hamid Oqsoy rasmiy Pekinni qamoqxonalar va lagerlarda uyg‘urlarga nisbatan qiynoq qo‘llashda aybladi. Uning so‘zlariga qaraganda, “qamoqxona va lagerlarda milliondan ortiq uyg‘ur majburiy tutish, qiynoq va ideologik ishlash siyosatiga duch kelgan”.

“Boshqa hududlarda, jumladan, Turkiyada istiqomat qiluvchi uyg‘urlar vatanida qolgan qarindoshlari haqida ma’lumot ololmaydi”, — qo‘shimcha qildi u.

O‘z navbatida, Xitoy TIV uyg‘urlarning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida “qayta tarbiyalash” lagerlarida saqlanishi haqidagi ma’lumot hech narsa bilan tasdiqlanmagan.

Xitoy tashqi ishlar vazirligi 11-fevral kuni turkiyalik diplomatlarning bayonotlariga qat’iy e’tiroz bildirdi.

Uyg‘ur olimi Tohir Imin Turkiya hukumatiga uyg‘urlar masalasidagi qat’iy pozitsiyasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Bir muddat oldin Turkiya Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirish ustida ishlayotgan edi. Jumladan, Rajab Toyyib Erdo‘g‘on XXR raisi Si Szinpinni Turkiyaga taklif qilgan edi. Bundan tashqari, rasmiy Anqara Xitoy sanoat va tijorat bankidan 3,6 milliard dollar miqdorida kredit olgandi. Hozirgi paytda Xitoy Turkiyaning uchinchi eng yirik hamkoridir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 44) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют