» » Qirg‘iziston O‘zbekiston bozoriga kartoshka va go‘sht yetkazib berishdan manfaatdorligini bildirdi

Qirg‘iziston O‘zbekiston bozoriga kartoshka va go‘sht yetkazib berishdan manfaatdorligini bildirdi


12-fevral kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati to‘g‘risida fikr almashildi. O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikning rivojlanishining ijobiy dinamikasi alohida ta’kidlandi. Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va melioratsiya vaziri Nurbek Murashev Qirg‘izistonning kartoshka, go‘sht va boshqa mahsulotlarini O‘zbekiston bozoriga yetkazib berishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv davomida muhandislik, chorvachilik, urug‘chilik kabi sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish holati muhokama qilindi. Xususan, Qirg‘iziston sanoat, energetika va yer osti boyliklari davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Jirgalbek Saginbayev birgalikda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi texnikasini Rossiya Federatsiyasi bozoriga yetkazib berishnitaklif etdi.

“Biz O‘zbekiston va Qirg‘izistonning agrosanoat sohasini rivojlantirishda mamlakatlarimizning raqobatbardosh ustunliklaridan samarali foydalanish tarafdorimiz”, — deya ta’kidladi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev.

Uchrashuv yakunida tomonlar qo‘shma ishchi guruh tuzish va 2019-yilga mo‘ljallangan rejalarni belgilash bo‘yicha kelishuvga erishdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют