» » Foto: Toshkentning “ramzi”ga aylangan piyola aylantiruvchi bobo

Foto: Toshkentning “ramzi”ga aylangan piyola aylantiruvchi bobo


Facebook foydalanuvchilaridan biri “Molodaya fotografiya Uzbekistana” sahifasiga ko‘chada cho‘pda piyola aylantirib o‘tirib, o‘tkinchilarning ko‘nglini chog‘ qiladigan toshkentlik boboning suratlarini joyladi.

“Ko‘pchilik toshkentliklar bu mehribon boboni yaxshi biladi. U avvallari 13-tramvayda yurib, bir vaqtning o‘zida 2—3 tadan piyolani aylantirardi… Yaqinda esa parovozlar muzeyiga ketayotib, yo‘lda uni uchratib qoldim va suratga tushirdim. Unga atrofdagilarga ulashayotgan mehri va tabassumi uchun rahmat!” — deb yozdi post muallifi.

Unga izoh qoldirganlardan biri boboni “Toshkentning o‘ziga xos ramzi” deb atadi. Boboga sog‘lik va uzoq umr tilab qolishdi.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют