» » Belgiyada ish tashlashlar tufayli barcha aviareyslar bir sutkaga to‘xtatib qo‘yildi

Belgiyada ish tashlashlar tufayli barcha aviareyslar bir sutkaga to‘xtatib qo‘yildi


Belgiyada ish tashlash oqibatida barcha yo‘lovchi tashish aviareyslari bekor qilindi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar qildi.

Ish tashlash 13-fevral kuni boshlangan va bir sutka davom etgan. Buning sababi ishchilarning ish haqi va ijtimoiy nafaqa darajasidan noroziligi edi.

Skeyes havo transporti agentligining xabar berishicha, ish tashlanishiga qaramay ishga chiqayotgan asosiy xodimlar soni haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida aviaqatnovlarlar to‘liq bekor qilingan. Aksariyat aviakompaniyalar norozilik namoyishlari sabab reyslarini o‘zgartirgan.

Milliy ish tashlash harakati ish haqi ko‘rsatkichidan norozi bo‘lgan uchta yirik kasaba uyushmalari tomonidan e’lon qilingan. Mamlakatda ikki yildan buyon ish haqining o‘sishi 0,8 foizgacha qilib cheklangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 05:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 17) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют