» » YChL. “Real” “Ayaks”ni bazo‘r yutdi, “Tottenhem” esa “Borussiya D”ni yirik hisobda tor-mor etdi (video)

YChL. “Real” “Ayaks”ni bazo‘r yutdi, “Tottenhem” esa “Borussiya D”ni yirik hisobda tor-mor etdi (video)


13-fevral, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi doirasida navbatdagi 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

1/8 finalning qiziqarli to‘qnashuvlaridan biri Londonning “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi “Tottenhem” jamoasi Lyusyen Favr boshliq Dortmundning “Borussiya” klubi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning 47-daqiqasida Son Hyon Min hisobni ochgan bo‘lsa, Yan Vertongen ikkinchi golga mualliflik qildi (83-daqiqa). So‘nggi gol 86-daqiqada Fernando Lyorente tomonidan kiritildi.

Shu tariqa “shporlar” o‘z maydonida dastlabki bahsda yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Kunning ikkinchi o‘yinida Madridning “Real” klubi “Ayaks” mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvdagi barcha gollar 2-bo‘limda kiritildi. 60-daqiqada Karim Benzema Vinisius Junior uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 75-daqiqaga kelib mezbon jamoa a’zosi Hakim Ziyosh hisobni tenglashtirdi (1:1). Bellashuvning asosiy vaqti tugashiga 3 daqiqa qolganda Karim Benzema o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Marko Asensio g‘alaba golini urdi.

Mazkur jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yinlari 5-mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevropa Chempionlar Ligasi

1/8 final bahslari

13-fevral, chorshanba

Gollar: 1:0 — 47 Son, 2:0 — 83 Vertongen, 3:0 — Lyorente.

Gollar: 0:1 — 60 Benzema, 1:1 — 75 Ziyosh, 1:2 — Asensio.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют