» » Karvon yo‘lga chiqdi. Mochinov keldi va O‘zbekiston termasi zafar quchdi

Karvon yo‘lga chiqdi. Mochinov keldi va O‘zbekiston termasi zafar quchdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangan Aleksandr Mochinov o‘zining ilk uchrashuvini Amirlik termasiga qarshi safarda o‘tkazdi va 2:0 hisobida zafar quchdi.

O‘FF matbuot matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ayni kunlarda O‘zbekiston yoshlari BAA yig‘inida bo‘lib turibdi. Uning doirasida Amirlik yoshlariga qarshi ikki o‘rtoqlik o‘yini rejalashtirilgan bo‘lib, ikkinchi uchrashuv 10-mart kuni tashkil etiladi.

Birinchisida o‘zbekistonliklarga g‘alaba tortiq etgan gollarga Kamron Saidazimov hamda Afzal Xolmuhamedov mualliflik qildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi 31-oktabr va 8-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining saralash turniriga tayyorgarlik boshlagan.

O‘rtoqlik o‘yini
Dubay, BAA
8-mart, chorshanba

Gollar: Kamron Saidazimov (0:1). Afzal Xolmuhamedov (0:2).

Опубликовано: admin (9-03-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют