» » #BoburDay xesh-tegi dunyo trendiga chiqariladi

#BoburDay xesh-tegi dunyo trendiga chiqariladi


14-fevral kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriligi hamkorligida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536 yilligi munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkaziladi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Tadbir doirasida har bir kishi universitetga kelishi va bu yerda Bobur tavallud kuniga bag‘ishlab tayyorlangan maxsus bannerlar, dekoratsiya va illyustratsiyalar atrofida suratga tushib, o‘z ishtirokini onlayn tizimda turli ijtimoiy tarmoqlarda aks ettirib borishi mumkin.

Taniqli san’atkorlar va sportchilar barchani, xususan, talaba va o‘quvchi yoshlarni aksiyada faol ishtirok etishga chorlaydi. Virtual olamdagi faol yoshlarni ham o‘z saflarida bo‘lishga targ‘ib etadi.

Aksiya davomida #BoburDay xesh-tegini butun jahondagi Internet foydalanuvchilari o‘rtasida keng targ‘ib qilib, dunyo trendiga olib chiqish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют