» » Sog‘liqni saqlash vazirligiga O‘zbekistonda sil kasalligini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar kontingentini aniqlash topshirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligiga O‘zbekistonda sil kasalligini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar kontingentini aniqlash topshirildi


O‘zbekistonda ftiziatriya muassasalari moddiy-texnik bazalarining yetarli darajada emasligi, tibbiy jihozlar va texnikalarning yetishmasligi sil kasali va o‘pkaning nospetsifik kasalliklariga chalingan bemorlarga o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu Prezidentning “Ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya yordami ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘rsatib o‘tilgan.

Hujjat bilan:

2019—2021-yillarda sil va o‘pkaning nospetsifik kasalliklari tarqalishiga qarshi kurashish kompleks chora-tadbirlar:

2020—2021-yillarda ftiziatriya muassasalari binolarini rekonstruksiya qilish tadbirlari dasturi;

2020—2021-yillarda ftiziatriya muassasalarini zamonaviy tashxislash, davolash va reanimatsiya uskunalari bilan jihozlash chora-tadbirlari dasturi;

2020—2021-yillarda silga qarshi sanatoriyalarni zamonaviy reabilitatsiya, tashxislash va laboratoriya uskunalari bilan jihozlash chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga Sog‘liqni saqlash vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda xorijiy davlatlar, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari (qarzlari)ni, grantlarini ushbu qaror bilan tasdiqlangan kompleks chora-tadbirlar va dasturlar bajarilishi uchun jalb qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish topshirildi.

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasida, keyinchalik boshqa tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida “Pulmonologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada kadrlarni tayyorlashni bosqichma-bosqich tashkillashtirish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berildi.

2019/2020-o‘quv yilidan boshlab “Ftiziatriya” va “Pulmonologiya” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura va klinik ordinaturada kadrlarni tayyorlash faqat davlat grantlari asosida amalga oshiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligiga:

Immunodiagnostikani o‘tkazish maqsadida 2019-yil 1-aprelga qadar sil kasalligini yuqtirib olish xavfi yuqori bo‘lgan shaxslarning asoslangan kontingentini aniqlash;

Vazirlar Mahkamasiga uch oy muddatda sifatli tashxislash, silga qarshi dori va individual himoya vositalarini ishlab chiqarishni tashkillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar kiritish;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlari va yuklamalarini tanqidiy o‘rganish natijalari asosida tibbiyot oliy ta’lim muassasalarining “Ftiziatriya” kafedralarini “Ftiziatriya va pulmonologiya” kafedralariga qayta ixtisoslashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют