» » Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning yana bir yangi kitobi sotuvga chiqarildi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning yana bir yangi kitobi sotuvga chiqarildi


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf muallifligidagi “Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi” kitobi sotuvga chiqarildi. Bu haqda “Hilol” nashriyoti matbuot xizmati xabar berdi.

“Mazkur kitob – kitobxonlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olingan ‘Tafsiri Hilol’ning qisqartirilgan, maxsus nashri bo‘lib, unda faqat oyatlarning asli hamda ma’nolarning o‘zbekcha tarjimasi berilgan. Bu esa Qur’oni Karimni tilovat qiluvchilar uchun qiroat davomida oyatlarning mazmuni bilan ham tanishib borish imkonini beradi.

‘Qur’oni Karim va o‘zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi’ning muqaddimasidan uning ushbu nashrning o‘ziga xos xususiyatlari haqida keng ma’lumot olishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Tafsiri Hilol” va “Baxtli oila” kitoblari rus tilida nashr etilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют