» » Milliy gvardiya delegatsiyasi Rossiyaga rasmiy safarini boshladi

Milliy gvardiya delegatsiyasi Rossiyaga rasmiy safarini boshladi


Milliy gvardiya delegatsiyasi Rossiyaga to‘rt kunlik rasmiy safarini boshladi. Bu haqda Rosgvardiya rasmiy vakili general-mayor Valeriy Gribakin ma’lum qildi, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Milliy gvardiya qo‘mondoni o‘rinbosari polkovnik Shuhrat Shokirov boshchilik qilmoqda.

“Tashrif davomida ular Rosgvardiyaning noidoraviy qo‘riqlash bo‘linmasi xizmat faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, Rosgvardiya va Milliy gvardiya o‘rtasida 2019-yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasini imzolash ko‘zda tutilmoqda”, — dedi V.Gribakin.

Delegatsiya a’zolari ishchi safarning birinchi kuni Ostankino teleminorasida bo‘lib, telemarkazni muhofaza qilish tartibi bilan tanishtirildi.

Safar davomida mehmonlarga Rosgvardiya bo‘linmalari tomonidan qo‘llaniladigan vositalar va avtotransportlar namoyish etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют