» » Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topilgani taxmin qilinmoqda

Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topilgani taxmin qilinmoqda


“Xalq so‘zi Online”da jurnalist Elyorjon Ehsonovning Farg‘ona viloyatining Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topilgani haqidagi maqolasi chop etildi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

Rishton tumani Yangiyo‘l qishlog‘i Yangiturmush ko‘chasi 2-uyda istiqomat qiluvchi To‘xtasin aka o‘z uyini qayta ta’mirlash va rekonstruksiya qilish jarayonida uyning eski pol ostidan noan’anaviy ko‘rinishdagi hayvon qoldiqlariga duch keldi. Topilmaning suyak tuzulishini ayni zamonda yashayotgan va boqilayotgan yoki ilmiy kitoblarda fotosuratlari aks etgan biror bir mavjudotga qiyoslay olmagach uni telefoniga suratga tushirdi.

“Hozir yashayotgan xonadonimiz 1969-yilda markaziy Farg‘ona cho‘llarini o‘zlashtirish jarayonida yangi infratuzilma barpo etish uchun qurilgan. Ajabtovur hayvon qoldiqlarini birorta jonzotga taxmin qila olmadim va (odatda qishloqda shunday qilinadi) qo‘shnilarni chaqirdim. Hamma har hil fikrlar, mulohazalar bildiryapti. Taxminimizcha,dinozavr suyaklarini eslatyapti bu qoldiqlar. Yana bilmadim.

Kotejlar barpo qilinguniga qadar bu yerlar yaydoq cho‘l yerlari bo‘lgan. Giyoh ham o‘smagan. Bizniki kabi xonadonlar qurilish qonun qoidalariga rioya etilmasdan, yerning qattiq qismigacha kavlanmasdan qurilavergan. Shuning uchun bu hayvon suyaklari bezarar saqlangan bo‘lishi mumkin, degan fikrdaman”, — deydi To‘xtasin aka.

“Bir qarashda, dumini hisobga olmaganda, qoldiqlar kenguruni, tuyaqushni eslatadi. Oyoqlari gavdasiga nisbatan baquvvat, uzun ko‘rinishga ega. Biroq qadimda bizning yerlarda bu hayvonlar yashamaganku? Umurtqa pog‘onasi va qovurg‘a qismi qo‘ysimon hayvonlarga aloqador. Bo‘yin qismi esa parrandani eslatadi.

Shu joyda asossiz taxminlarni to‘xtataylig-u, bizningcha, bu noyob topilmaga mutaxassislarning ko‘magi zarurga o‘xshaydi. Arxeologlar ilmiy xulosa berishlari zarur. Kim biladi, hali bu hayvon qoldiqlari shu kungacha mavjud bo‘lgan ilmiy farazlarni butunlay o‘zgartirib yuborar. Nima deysiz?!”, — deya yakunlanadi maqola.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют