» » Samarqandda ekskavator Nexia bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda ekskavator Nexia bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi


11-fevral kuni, taxminan 6:00 da Samarqand viloyati 4R-48 avtomobil yo‘lining 11 kilometrida yirik YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mudhish hodisa Samarqand viloyati 4R-48 avtomobil yo‘lining 11 kilometrida sodir bo‘lgan. Nexia avtomobili haydovchisi “Jomboy—Eshimoqsoq” yo‘nalishida harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va Volvo rusumli ekskavator bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisa natijasida Nexia haydovchisi va yo‘lovchisi voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют