» » Turkiya O‘zbekistonda oltin va volfram qazish va qidiruv ishlarini olib boradi

Turkiya O‘zbekistonda oltin va volfram qazish va qidiruv ishlarini olib boradi


2019-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi va Turkiya geologik xizmati o‘rtasida oltin va volfram istiqbolli maydonlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha bitim imzolandi, deya xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Qazib olish ishlari O‘zbekistonning Navoiy hamda Jizzax viloyatlarida volfram va oltinga istiqbolli bo‘lgan Saritau, Xurob va Aydim-Jitimtau maydonlarda geologiya-qidiruv va tajriba-sanoat yo‘sinida olib boriladi.

Ushbu bitimni amalga oshirish uchun Turkiya geologik xizmati Operator — “Toshkent Mayning Limited” mas’uliyati cheklangan jamiyatini tashkil etgan va u loyihani amalga oshirish uchun javobgar bo‘ladi.

Bitimga muvofiq, tomonlar belgilagan ish dasturi asosida rejalashtirilayotgan dala ishlarining yiriklashtirilgan texnik-iqtisodiy asosini tayyorlaydi. Shu bilan birga, joriy yilda 2 million AQSh dollari miqdorida xorijiy sarmoyalar kiritish mo‘ljallanmoqda.

Uchta istiqbolli maydonda aerogeofizik ishlar, masofadan zondlash, namunalarni geokimyoviy tahlil qilish, geokimyoviy izlanish, kartografik ishlar, burg‘ulash xamda kameral ishlari nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют