» » Toshkentda Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochiladi

Toshkentda Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali ochiladi


Joriy yilda Toshkentda Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti (RKTU) filialini ochish rejalashtirilmoqda. Davlat rahbarining shu bo‘yicha qaror loyihasi ishlab chiqilgan, deya xabar beradi “Xalq so‘zi”.

Filial Sergeli tumanidagi Toshkent moliya-iqtisodiyot kolleji binosiga joylashtirilishi ko‘zda tutilgan.

Bu yerda bakalavriat bo‘yicha to‘rt, magistratura bo‘yicha ikki yo‘nalish tashkil etilishi mo‘ljallanmoqda.

Ta’lim berish Rossiya standartlariga ko‘ra va grant hamda to‘lov-kontrakt asosida yo‘lga qo‘yiladi. Davlat grantida o‘qishni tamomlaganlar taqsimot bo‘yicha respublika ishlab chiqarish-sanoat tarmoqlarida 5 yildan kam bo‘lmagan muddatda ishlab beradi.

Bitiruvchilarga Rossiya namunasidagi diplom beriladi va u O‘zbekiston hududida tan olinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют