» » “Yuksalish” umummilliy harakati raisining maqomi vazirga tenglashtirildi

“Yuksalish” umummilliy harakati raisining maqomi vazirga tenglashtirildi


“Yuksalish” umummilliy harakati nodavlat notijorat tashkiloti va uning hududiy bo‘linmalari faoiliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qarorga muvofiq, davlat boshqaruv organlari, hokimliklar o‘z faoliyatini “Yuksalish” harakatining mustaqilligi va uning faoliyatiga aralashmaslik tamoyillariga qat’iy rioya qilgan holda hamkorlikda amalga oshiradi.

“Yuksalish” harakati raisi maqomi, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlariga ko‘ra vazirga tenglashtiriladi.

“Yuksalish” harakatining hududiy bo‘linmalarini zarur texnika bilan ta’minlash mahalliy byudjetlar hisobidan amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, “Yuksalish” umummilliy harakatining raisi etib bundan avval “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan Akmal Burxanov saylangan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют