» » JSSTning oliy darajadagi xalqaro sessiyalaridan biriga O‘zbekiston rahbarlik qildi

JSSTning oliy darajadagi xalqaro sessiyalaridan biriga O‘zbekiston rahbarlik qildi


Turkiyaning Istanbul shahrida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosining Sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlardan odamlarni himoya qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni birlashtirish mavzusiga bag‘ishlangan oliy darajadagi vazirlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda JSST Yevropa mintaqaviy byurosiga a’zo 53 davlatning sog‘liqni saqlash vazirlari, xalqaro ekspertlar, jumladan, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov boshchiligidagi delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Mazkur uch kunlik yig‘ilishda tibbiyot sohasida global darajadagi masalalar atroflicha ko‘rib chiqilgan.

Muhokamalar sessiyalarga bo‘lingan holda davom etgan.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov raisligida o‘tgan yakunlovchi yalpi majlisda mintaqada salomatlikni asrash borasida 2023-yilgacha va undan keyingi rivojlanish bosqichlari muhokama etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют