» » Karim Benzema Yevropa Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi

Karim Benzema Yevropa Chempionlar Ligasi tarixiga kirdi


“Real Madrid” hujumchisi Karim Benzema Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalining dastlabki uchrashuvida “Ayaks” darvozasiga gol urdi (2:1).

Bu hujumchining mazkur musobaqadagi 60-goli hisoblanadi. Bu haqda Squawka xabar berdi.

31 yoshli fransuz Yevropa Chempionlar Ligasi davrida eng ko‘p gol urgan 4-futbolchi bo‘ldi (1991-yilga qadar musobaqa Chempionlar Kubogi deb atalgan).

Benzemadan oldin oltmishlik dovondan faqat uch nafar futbolchi o‘tgandi. Ayni damda YChL to‘purarlari kuchli uchligi quyidagicha: Raul Gonsales 71 ta gol bilan 3-o‘rin, Lionel Messi 106 ta gol bilan 2-pog‘onada, yaqqol to‘purar Krishtianu Ronalduda esa 121 ta gol mavjud.

Ma’lumot uchun, Benzema joyiy mavsum La Ligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golga uzatma berdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют