» » Serxio Ramos “Real” tarkibida 600-uchrashuvini o‘tkazdi

Serxio Ramos “Real” tarkibida 600-uchrashuvini o‘tkazdi


“Real Madrid” sardori Serxio Ramos Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 finalida “Ayaks”ga qarshi maydonga tushdi (2:1).

32 yoshli ispaniyalik Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 600 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha Ramos “Qirollik klubi” tarixida 7-o‘rinni egallab turibdi, deb xabar berdi AS.

Serxiodan oldingi o‘rinlarni Fernando Yerro va Fransisko Xento (601 ta o‘yin), Santilyana (645), Manuel Sanchis (710), Iker Kasilyas (725) va Raul (741) egallab turibdi.

Ramos 2005-yildan buyon “Real” safida to‘p suradi va klub bilan 20 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Klub tarixida eng ko‘p sovrin sohib esa Xento bo‘lib, uning hisobida 23 ta sovrin mavjud.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 15:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют