» » MRB WikiLeaks’ning xatti-harakatlarini uning AQShni himoya qilish bo‘yicha imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarishga urinish deb hisoblaydi

MRB WikiLeaks’ning xatti-harakatlarini uning AQShni himoya qilish bo‘yicha imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarishga urinish deb hisoblaydi


AQShdagi jamoatchilik WikiLeaks tomonidan Markaziy razvedka boshqarmasi hujjatlarining chop etilishidan chuqur xavotirda bo‘lishi kerak, uning maqsadi — razvedka xizmatlarining Amerikani terrorchilardan va boshqa dushmanlardan himoya qilish bo‘yicha imkoniyatlarini yo‘qqa chiqarish. Bu haqda razvedka boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “Vedomosti”.

Muassasa WikiLeaks MRBning kiberrazvedka bo‘linmasi faoliyati to‘g‘risidagi Vault 7 (“7-raqamli seyf”) kodli nomiga ega ma’lumotlar chop etishi munosabati bilan rasmiy izoh e’lon qildi. U oshkor etilgan hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlamasligini ham, rad etmasligini ham, shuningdek, ularni tarqatib yuborgan manba qidirilayotgani haqida ham izoh bermasligini aytdi.

MRB o‘z maqsadi Amerikani terrorchilardan, dushmanlik kayfiyatidagi davlatlardan va boshqa raqiblardan himoya qilish uchun “agressiv tarzda xorijiy razvedka ma’lumotlarini to‘plash” ekanligini eslatdi. Buning uchun boshqarma so‘nggi texnologik ishlanmalardan foydalanishi kerak. Ammo u o‘z faoliyati mamlakat qonunlariga muvofiq kelishini qat’iy nazorat qiladi.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют