» » Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga 1 oyda 3 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy sayyoh keldi

Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga 1 oyda 3 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy sayyoh keldi


Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga o‘tgan bir oy davomida 3 mingdan ortiq mahalliy va xorijiy sayyoh keldi. Ayni paytda sayyohlar safi kun sayin ortib bormoqda. Bu haqda O‘zA xabarida aytiladi.

Kuni kecha Samarqand davlat chet tillari institutining tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti arab tili yo‘nalishi o‘qituvchilari va talabalari markaz mehmoni bo‘ldi.

Tadbir ishtirokchilari dastlab, Imom Buxoriy yodgorlik majmuasini ziyorat qildi. Shundan so‘ng, xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Hadis ilmi maktabida bo‘lib, bu yerda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Imom Buxoriyning markaz muzey fondidan joy olgan “Sahihi Buxoriy” kitobining qadimiy qo‘lyozma nusxasi va buyuk muhaddisning ayni paytda dunyoning turli mamlakatlarida saqlanayotgan noyob asarlarining nusxalari ularda katta qiziqish uyg‘otdi.

Markaz konferensiya zalida “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasi ostida “Yuksak ma’naviyatli avlod hech qachon yo‘ldan adashmaydi” mavzusida davra suhbati hamda markaz ilmiy xodimlari tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

Markaz direktorining ilmiy-tadqiqotlar bo‘yicha o‘rinbosari Sh.Umarov so‘zga chiqib, mazkur dargohning tashkil etilishi, faoliyati, vazifa va maqsadlari to‘g‘risida ma’lumot berdi. Buyuk allomalar merosini o‘rganish, keng targ‘ib etish, nufuzli xalqaro tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilgan ishlarga to‘xtaldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...