» » Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga boshliq tayinlandi

Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga boshliq tayinlandi


14-fevral kuni Qashqadaryo viloyati hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda siyosiy fanlar nomzodi Behzod Jo‘rayev viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i sifatida tanishtirilgan. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 12-fevraldagi buyrug‘i bilan viloyat xalq ta’limi boshqarmasiga rahbar etib tayinlangan Behzod Jo‘rayev shu paytgacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi viloyat bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelgan.

Boshqarmaning sobiq boshlig‘i Laziz Xolov qanday sababga ko‘ra ishdan olingani xususida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ammo viloyat hokimligidan ma’lum qilinishicha, sobiq boshqarma boshlig‘i ayni paytda viloyat hokimligida kotibiyat mudiri sifatida ishini davom ettirmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, 2018-yil internet saytlarida Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumta’lim maktablari faoliyatiga doir ko‘plab maqolalar chop etilgan bo‘lib, unda umumta’lim maktablaridagi isitish tizimi, sifatsiz ko‘mir va o‘quvchi yoshlarning o‘z joniga qasd qilish holatlari tilga olingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-02-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют