» » AQSh kongressi NASA’ning Mars va Yevropaga missiyalarini tasdiqladi

AQSh kongressi NASA’ning Mars va Yevropaga missiyalarini tasdiqladi


AQSh kongressi NASA’ning yaqin besh yil davomidagi siyosatini, shuningdek, agentlikning 2017-moliya yili uchun budjetini belgilab beruvchi qonunni qabul qildi. Hujjatni mamlakat prezidenti Donald Tramp imzolashi kutilmoqda, deb yozadi Space News.

Qonun loyihasini vakillar palatasi 7-mart kuni, senat esa 17-fevral kuni ma’qullagan edi. NASA’ning 2017-moliya yili uchun mo‘ljallangan budjeti 19,5 milliard dollarni tashkil etadi.

Besh yillik rejada 2030-yillarga mo‘ljallangan Marsga missiya (astronavtlarni sayyoraga qo‘ndirish nazarda tutiladi)ga tayyorgarlik ishlarini davom ettirish ko‘zda tutilgan. Asteroid bo‘lagini Oy atrofidagi orbitaga olib chiqish bo‘yicha ARM loyihasini esa bekor qilish taklif etilmoqda.

Kongressmenlar, shuningdek, astronavtlarni Xalqaro kosmik stansiyaga yetkazish bo‘yicha Rossiyaning xizmatlariga bog‘liqlikdan tezroq ozod bo‘lishni taklif qilmoqda.

Bundan tashqari, Kongress Yupiterning muz osti okeanida hayot mavjudligi taxmin etilayotgan yo‘ldoshi — Yevropaga missiya bo‘yicha ishlarga rasman start berdi.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 12:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют