» » Yevropa Ligasi. “Arsenal” mag‘lub bo‘ldi, “Chelsi”, “Inter” va “Napoli” esa safarda g‘alaba qozondi

Yevropa Ligasi. “Arsenal” mag‘lub bo‘ldi, “Chelsi”, “Inter” va “Napoli” esa safarda g‘alaba qozondi


14-fevral, payshanba kuni futbol bo‘yicha Yevropa Ligasi 1/16 final bosqichi doirasida navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi safarda Minsk shahrida BATE mehmoni bo‘ldi. Mezbon jamoa a’zosi Stanislav Dragunning 45-daqiqada kiritgan yagona goli BATEga g‘alaba keltirdi. Natijada “to‘pchilar” musobaqa 1/16 finalining dastlabki uchrashuvida mehmonda kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi.

Luchano Spaletti boshliq “Inter” jamoasi esa Venada “Rapid” bilan bahsga kirishadi. O‘yindagi yagona gol 39-daqiqada kiritldi. Unga milanliklar hujumchisi Lautaro Martines mualliflik qildi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.

So‘nggi o‘yinlarda omadi chopmayotgan Londonning boshqa bir jamoasi “Chelsi” Shvetsiyaning “Malmyo” klubi bilan o‘ynadi. Bellashuvning 30-daqiqasida Ross Barkli hisobni ochgan bo‘lsa, 58-daqiqaga kelib Olivye Jiru hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 80-daqiqada esa “Malmyo” yarim himoyachisi Anders Kristensen hisobni qisqartirdi. Shu tariqa “aristokratlar” safarda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Karlo Anchelotti boshqaruvidagi Italiyaning “Napoli” klubi Shveysariya poytaxti, “Syurix” maydoniga safar qildi. Uchrashuvda Lorenso Insinye (11), Xose Kalyexon (21), Pyotr Zelinski (77) kiritgan gollariga Shveysariya klubi Benjamin Kolollining penaltidan urgan yagona goli evaziga javob qaytardi. Oqibatda “Napoli” Yevropa Ligasi 1/16 finalining dastlabki o‘yinida mehmonda ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi (3:1).

Yevropa Ligasi

1/16 final bahslari

14-fevral, payshanba

Gollar: 0:1 — 27 Salivio, 1:1 — 54 Luyindama, 1:2 — Seferovich.

Gol: 1:0 — 45 Dragun.

Gol: 0:1 — 39 Martines.

Gol: 0:1 — 22 Ben Yedder.

Gollar: 1:0 — 9 Hassan Koka, 1:1 — 28 Buyalskiy, 2:1 — 40 Dias, 2:2 — 89 Verbik.

Gollar: 1:0 — 2 Xunu, 2:0 — 10 Garsiya, 2:1 — 32 Lo Selso, 3:1 — 45 Ben Arfa, 3:2 — 62 Sindey, 3:3 — 90 Lainez.

Gol: 0:1 — 3 Pedrasa.

Gollar: 0:1 — 42 Cherishev, 0:2 — 49 Sobrino.

Gollar: 0:1 — 7 Xinteregger, 1:1 — 10 Marlos, 1:2 — 50 Kostich, 2:2 — 67 Taison.

Gollar: 0:1 — 30 Barkli, 0:2 — 58 Jiru, 1:2 — 80 Kristiansen.

Gollar: 0:1 — 11 Insinye, 0:2 — 21 Kalyexon, 0:3 — 77 Zelinski, 1:3 — 83, penalti, Kololli.

Gollar: 0:1 — 17 Yunuzovich, 1:1 — 64 Densvil, 2:1 — 81 Vesley.

Gollar: 0:1 — 41 Olmo, 1:1 — 54 Pernika, 2:1 — 83 Pernika.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 07:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 3) ( 0) ( 3) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют