» » AQShda FQB tomonidan eng ko‘p qidirilayotgan 10 nafar jinoyatchi ro‘yxatiga kiritilgan shaxs otib o‘ldirildi

AQShda FQB tomonidan eng ko‘p qidirilayotgan 10 nafar jinoyatchi ro‘yxatiga kiritilgan shaxs otib o‘ldirildi


Los-Anjelesda zo‘rlash maqsadidagi hujumlar, talonchilik va qurol ishlatish bilan bog‘liq qator jinoyatlarda ayblangan erkak FQB agentlari tomonidan 13-fevral kuni Shimoliy Karolinada otib o‘ldirildi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.

2018-yil kuzida Greg Alin Karlson FQB tomonidan eng ko‘p qidirilayotgan 10 nafar jinoyatchi ro‘yxatiga kiritilgan va u haqdagi ma’lumot uchun 100 ming dollar mukofot va’da qilgandi.

Agentlar uni Shimoliy Karolinadagi mehmonxonalardan birida topdi. Politsiya xodimi jinoyatchining avtomobilini otel parkovkasida ko‘rib qolgan.

FQB agentlari oteldagi xonaga kirib, Karlsondan qurolni tushirishni so‘raganda jinoyatchi qarshilik ko‘rsatdi va shundan so‘ng otib tashlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют