» » Qozog‘istonlik qiz futbol bo‘yicha jahon chempioni bilan turmush qurdi

Qozog‘istonlik qiz futbol bo‘yicha jahon chempioni bilan turmush qurdi


Qozog‘istonlik model Anna Sharipova va Germaniya terma jamoasi hamda Angliyaning “Fulhem” klubi a’zosi Andre Shyurrle yashirincha turmush qurgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sports.kz xabar berdi.

To‘y marosimi 2018-yilning dekabr oyida Shyurrlening tug‘ilib o‘sgan shahri Lyudvigsxafen-am-Rayn (Germaniya) da bo‘lib o‘tdi, lekin bu haqda endigina ma’lum bo‘ldi. Anna bir necha hafta davomida o‘zining Instagram sahifasiga chap qo‘liga taqilgan uzuk tasvirlangan suratlarni joylashtirgan, ammo nemislar nikoh uzugini o‘ng qo‘lga taqadi. Shuning uchun bunga uncha ahamiyat berilmadi. Bundan tashqari Annaning ta’kidlashicha, u va Shyurrle tez orada ota-ona bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ladi. Ular farzand kutmoqda.

Ma’lumot uchun, Anna Sharipova Qozog‘istonda tug‘ilgan. Hozirda u Berlinda arxitektorlik bo‘yicha tahsil olmoqda. Bundan tashqari u model sifatida ham faoliyat olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, Andre Shyurrle Germaniya terma jamoasi bilan birgalikda futbol bo‘yicha Jahon Chempionati g‘olibi bo‘lgan (2014) hamda Yevro-2012, Yevro-2016 musobaqasida ham ishtirok etgan va Londonning “Chelsi” klubi tarkibida Angliya chempioni bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют