» » AQSh Kuvaytga qo‘shimcha 1000 nafargacha harbiy xizmatchini jo‘natish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda

AQSh Kuvaytga qo‘shimcha 1000 nafargacha harbiy xizmatchini jo‘natish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda


AQSh ma’muriyati Kuvaytga ISHID jangarilariga qarshi kurashda zaxira kuch sifatida 1000 nafargacha harbiy xizmatchini jo‘natish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Oq uydagi manbalarga ko‘ra, qo‘shimcha qo‘shin yuborilishi jang maydonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘zda tutilmagan holatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish imkoniyatini yaratadi. Bunday qaror AQSh rasmiylarining Yaqin Sharqda terrorchilarga qarshi kurashni faollashtirish bo‘yicha harakatlari doirasida qabul qilinishi mumkin.

Kuvaytga yuboriladigan harbiy xizmatchilar mazkur davlatda joylashtirilgan AQSh qurolli kuchlari hisobiga kiritilmasligi bildirilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (9-03-2017, 13:46)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют