» » Namanganda piyoda ayolning o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan qochgan shaxs ushlandi. U qibraylik 63 yashar haydovchi bo‘lib chiqdi

Namanganda piyoda ayolning o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan qochgan shaxs ushlandi. U qibraylik 63 yashar haydovchi bo‘lib chiqdi


2019-yil 11-fevral kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinada Namangan viloyatining Chust tumani, Zarafshon mahallasi hududida 35 yoshli ayolni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgani, ayol kasalxonada vafot etgani haqida xabar berilgandi.

IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini Toshkent viloyati, Qibray tumanida yashovchi, 63 yoshli N.M. Nexia rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

IIV ushbu holat yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlariga ma’lumot bergan fuqarolarga minnatdorlik bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 84) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют