» » Samarqandlik ayol 7 yil deganda fuqarolik oldi

Samarqandlik ayol 7 yil deganda fuqarolik oldi


11-fevral kuni Samarqandlik ayol 7 yil deganda fuqarolikni qo‘lga kiritdi, deya xabar berdi Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘p yillar ichki ishlar organlarida faoliyat olib borgan Xurshida Jalilova 2012-yilning 29-iyunida Samarqand viloyat IIB tomonidan tayinli sabablarsiz fuqarolikdan mahrum qilingan.

Buning oqibatida uning ikki o‘g‘li na ishga joylashgan, na oila qura olgan.

Ayolga bu masala bo‘yicha O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi yordam bergan.

“Maqsadimga erishishimga menga yaqindan yordam bergani uchun O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlariga minnatdorligimni izhor qilaman. Xotin-qizlar qo‘mitasi mening murojaatimni e’tibordan chetda qoldirmadi. Men bu insonlardan juda minnatdorman.

Murojaat qilganimdan boshlab fuqarolik olgunimga qadar har bir jarayon qo‘mita nazoratida bo‘ldi. Men Xotin-qizlar qo‘mitasida faoliyat yuritadigan har bir jonkuyar xodimga o‘z minnatdorligimni izhor etib, ularga ayollarni himoya qilishday mas’uliyatli ishlarida omad tilayman”, — dedi Xurshida Jalilova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-02-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют